Toshkent shahriga mahalliy byudjetdan 62 mlrd ajratiladi
Uning katta qismi sog’liqni saqlashga yo’naltiriladi
Toshkent shahri ehtiyojlari uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 62 milliard so‘m yo‘naltiriladi, bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaroridan ma’lum bo’ldi.
14 milliard so‘m mablag‘ evaziga Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasida yer osti muhandislik tarmoqlarini o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.
«Tashabbus byudjeti»da yetarlicha ovoz ololmagan tibbiyot sohasidagi 28 ta loyihaga 15 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Bolalar va kattalar salomatligini saqlashga yana 14,1 milliard so‘m ajratildi.
Bundan tashqari, ushbu mablag‘ Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasidagi yo‘lni ta’mirlash, Toshkent Gidrometeorologiya boshqarmasi uchun avtomashinalar xarid qilish va Sergeli tumanida maktabgacha ta’lim muassasasi qurishga yo‘naltiriladi.