Mablag’larning asosiy qismi saylov komissiyalari faoliyatiga yo’naltiriladi.
Markaziy saylov komissiyasi navbatdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari smetasini 174,1 milliard so‘m etib tasdiqladi.
E’lon qilingan mablag’ oxirgi prezidentlik saylovlari uchun ajratilganidan 41 foizga kam. Bu mablag‘ning qariyb 82 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etishga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston rahbarini tanlash bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish 9 iyulga belgilangan. Bu haqdagi farmonni amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, Ekotartiyadan Abdushukur Hamzayev, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgan edi. Amaldagi davlat rahbari nomzodi «Milliy tiklanish» tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.