Sayyohlik kompaniyalari tomonidan birinchi chorakda 107,5 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi
Bu o’tgan yilga nisbatan 10,5 foizga ko’pdir
Oʻzbekiston sayyohlik kompaniyalari 2023-yilning birinchi choragida 107,5 milliard soʻmlik xizmatlar koʻrsatdi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 10,5 foizga koʻpdir, xabar beradi Statistika agentligi.
Vazirlikning qayd etishicha, Toshkent shahrining turistik xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi 72,2 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) prognozlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonga 7 millionga yaqin xorijiy sayyoh kelishi mumkin. Mamlakatning turizm xizmatlari eksportidan tushgan daromadi 2 milliard dollarga yetishi mumkin.
Joriy yilda respublikada 70 ta mehmonxona, 58 ta hostel va 273 ta sayyohlarni joylashtirish uchun boshqa obyektlar qurilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelgan xorijliklarning asosiy qismi – 1,3 million kishi yaqinlarini ko‘rish uchun safar maqsadini ko‘rsatgan. Respublikada 108 ming kishi dam olishga kelgan.