Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari shu zahotiyoq multfilmni baham ko‘rishga harakat qilishdi
Tasdiqlangan Twitter foydalanuvchilari endi platformaga uzun videolarni yuklash imkoniyatiga ega. Bu haqda ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask ma`lum qildi.
«Twitter Blue foydalanuvchilari endi 2 soatlik (8 GB) videolarni yuklab olishlari mumkin», — deb yozdi Mask o‘zining Twitter sahifasida.
The Verge nashrining xabar berishicha, foydalanuvchilar Maskning xabariga javoban platformaga «Shrek the Third» to‘liq metrajli multfilmini yuklashga uringan. Keyinroq video olib tashlandi.
Twitter Blue – bu pullik obuna. U ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining shaxsini tasdiqlaydi.