Yangiliklar

YouTube smart televizorlarga o’chmaydigan reklamalarni qo’shadi

Hozircha faqat AQShda

YouTube videoxizmati aqlli televizorlar uchun ilovada video boshlanishidan oldin 30 soniyalik doimiy reklama bo‘lishini ma’lum qildi.

Birinchi bosqichda AQShdagi foydalanuvchilar uchun yangi reklama formati paydo bo’ladi. Kompaniya, shuningdek, pauzani bosganingizda reklamalarni ko’rsatishni rejalashtirmoqda.

Variety ma’lumotlariga ko’ra, xizmat Amerika kabel kanallari va televideniyesidan reklamaning ushbu formatini «ko’zdan kechirdi». Yangi reklama 15 soniyali ikkita reklama blokini almashtiradi.