O‘zbekiston oltin eksportini biroz oshirdi
eʼlon qilindi
Joriy yilning yanvar-aprel oylari holatida
2023-yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 3,06 milliard dollarlik oltin eksport qildi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 1,4 foizga ko‘pdir, xabar beradi Statistika agentligi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi choragida xorijga yetkazib berish 2,4 milliard dollarga yetgan, bu o‘tgan yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 17,2 foizga kamdir.
Umuman olganda, 2022-yilda O‘zbekistonning xorijga yetkazib bergan oltin hajmi 4,11 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 4,1 milliard dollarni tashkil qilgan.