O’quvchilar maktabda fanlarni tanlashlari mumkin
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Umumta’lim fanlari soni oltitaga kamayadi
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarida majburiy fanlar soni 14 tadan 8 taga qisqartiriladi va oʻquvchilarga ikkita ixtiyoriy fan beriladi.
Endi maktab o‘quvchilari kimyo-biologiya, matematika-fizika, tarix-huquq yoki ona tili, adabiyot-xorijiy til fanlarini tanlaydi.
Yangi ta’lim dasturi maktab o‘quvchilarini “umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda muloqot va tadqiqotchilik, tanqidiy va ijodiy fikrlash, guruh bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.