Bu haqda kompaniya ma’lum qildi
25-maydan UzAuto Motors Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan modellari – Premier Plus va Redline uchun shartnomalar qabul qilishni boshlaydi.
«Ushbu modellarning yangi modifikatsiyalari – Plus va Redline Chevrolet Onix va Trackerning oldingi konfiguratsiyasi bilan shartnoma tuzish uchun mavjud bo’ladi. Shu bilan birga, shartnoma tuzish uchun ochiq bo‘lgan oldingi konfiguratsiyalar narxi o‘zgarishsiz qolmoqda», — ta’kidladi UzAuto Motors.
Plus paketida rulni, salonni, yon oynalarni, old oynani isitish, shuningdek, orqa oynalarni qoraytirish mumkin bo’ladi. Redline o’ziga xos dizayn va qizil tikilgan bezaklarga ega.
Yangilangan avtomobillar qatori Asakadagi zavodda joylashgan General Motors Global Emerging Markets platformasida yig‘ilgan.