Bolalar faqat o’z mahallasida maktabga borishlari mumkin bo’ladi
O’zgarishlar 2024 yilda kuchga kiradi
O‘zbekistonda bolalar tug‘ilgandan so‘ng darhol va doimiy yashash joyidagi manzil bo‘yicha maktabga tayinlanadi, deb yozadi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.
Bola faqat o’z mikrorayonida joylashgan maktabga borishi mumkin. O’zgarishlar 2024 yildan kuchga kiradi.
Bundan tashqari, 2023-yil 1-oktabrdan xususiy bog‘cha va maktablar faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchilar toifalari va bir sinfda o‘quvchilarning maksimal soniga qo‘yiladigan talablar yumshatiladi.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab har bir viloyatda «Barkamol avlod» maktabi tashkil etiladi. 2023-yil aprel oyidan boshlab «Barkamol avlod» maktablari o‘quvchilari IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va robototexnika sohasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar oladi.