4 ming kishi o’qish uchun mamlakatga kirdi
O‘zbekiston Statistika agentligi turli maqsadlarda O‘zbekistonga kelayotgan xorijliklar soni haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishdi.
Yanvar-aprel oylarida 186 mingga yaqin kishi dam olish uchun, qariyb 23 ming kishi davolanish uchun kelgan.
Yana 14 ming nafar xorij fuqarosi Oʻzbekistonga tijorat maqsadida tashrif buyurgan, 4 ming nafar chet el fuqarosi oʻqish uchun kelgan.