O‘zbekistonliklar Paynet orqali naqd pul olishlari mumkin bo‘ladi
eʼlon qilindi
Test rejimi yil oxirigacha davom etadi
Markaziy bank qaroriga koʻra, 1 iyundan boshlab Oʻzbekistonda Paynet kassalari orqali naqd pul yechib olish mumkin boʻladi.
Paynet kassalari orqali bank kartalari egalariga naqd pul berishni sinovdan o‘tkazish 2023-yil 1-dekabrgacha davom etadi.
Avvalroq Markaziy bank «Korzinka» supermarketlar tarmog‘iga mijozlarning bank kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirishga ruxsat bergan edi.