Yangiliklar

Dunyoning eng boy odami bir kunda 11 milliard dollar yo‘qotdi

Bernard Arnoning LVMH aksiyalari AQSh iqtisodiyotidagi muammolar sabab tushib ketdi

Louis Vuitton va Christian Dior egasi Bernard Arno o’zining LVMH kompaniyasi aksiyalarining 5 foizga qulashi ortidan bir kunda 11,2 milliard dollar yo’qotdi, xabar berdi Bloomberg.

5% pasayish – bu yil davomidagi eng katta yo’qotishdir. Bungacha kompaniya aktsiyalarining qiymati oshib bordi, chunki hashamatli tovarlarga talab ortdi. Bozor kon’yunkturasining o’zgarishi investorlarning Amerika Qo’shma Shtatlaridagi iqtisodiy vaziyatdan qo’rqishlari bilan bog’liq bo’lib, hukumat defoltning oldini olishga harakat qilmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Arnoning hozirgi boyligi 191,6 milliard dollarga baholanmoqda.U dunyoning eng boy odami «unvoni»ga ega. Biroq u va amerikalik biznesmen Ilon Mask o’rtasidagi tafovut 11,4 milliard dollargacha qisqargan.