Yangiliklar

O‘zbekiston iqtisodiyotida band bo‘lgan ayollar soni ma’lum bo‘ldi

Poytaxtimizda «O‘zbekistonda gender tengligi va munosib mehnat» konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoatida band bo‘lgan ayollar ulushi qariyb 50 foizga yetdi. Ularning qariyb 80 foizi sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri xabar berdi.

Avvalroq, Toshkentda «O‘zbekistonda gender tengligi va munosib mehnat» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda ikki mingga yaqin xotin-qiz davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida mehnat qilmoqda. Ularning iqtisodiyot va sanoatdagi ulushi 46 foizni, ta’lim va sog‘liqni saqlashda 77 foizni tashkil etadi.

Mamlakatda talaba qizlar soni olti baravar oshdi. Ularning ulushi bakalavriatda 49 foizni, magistraturada 50 foizni tashkil etadi.