O‘zbekistonda 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga alkogol va tamaki sotish taqiqlanadi
eʼlon qilindi
Qonun davlat rahbari tomonidan imzolandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki va spirtli ichimliklar sotishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.
Bundan tashqari, 21 yoshgacha bo’lgan sotuvchilar tomonidan ularni sotish taqiqlanadi.
Alkogol va tamaki mahsulotlarini dorixonalarda, savdo shoxobchalarida, onlayn rejimda sotishga yo‘l qo‘yilmaydi (ko‘pikli va tabiiy vinolar bundan mustasno).
Shu bilan birga, chekuvchilar uchun ochiq havoda yoki alohida xonalarda maxsus joylar tashkil etilishi kerak.