O‘zbekistonda Prezident saylovi uchun 60 ga yaqin xorijiy saylov uchastkasi ochiladi

eʼlon qilindi

Ularga mas’ul 14-Toshkent shahar saylov okrugi tayinlanadi

O‘zbekistonda navbatdan tashqari Prezident saylovida ovoz berish uchun 56 ta saylov uchastkasi tashkil etiladi. Ular xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda faoliyat yuritadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.

Barcha xorijiy saylov uchastkalari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktiriladi.

Shuningdek, yig‘ilishda siyosiy partiyalarning imzo varaqalarini tekshirish bo‘yicha ekspert guruhlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Guruhlar tarkibiga kriminologlar, qo‘l yozuvi bo‘yicha ekspertlar, oliy o‘quv yurtlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahallalar vakillari kirdi.

MSK to‘rt kun ichida imzo varaqalari to‘g‘riligini tekshirishi kerak.

O‘zbekistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 9 iyulga belgilangan

Shuningdek