O‘zbekistonlik qilichboz kosmetik operatsiyadan so‘ng vafot etdi

eʼlon qilindi

Aida Xasanova dunyoning eng yaxshi 5 hakami qatoridan joy oldi

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami, ushbu yo‘nalish bo‘yicha ko‘p karra mamlakat chempioni Aida Xasanova olamdan o‘tdi. U 39 yoshda edi, deyiladi federatsiya saytidagi nekroloqda.

«O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi, butun O‘zbekiston qilichbozlik oilasi, qilichbozlik va Aida Xasanova muxlislari ulkan yo‘qotishdan qayg‘uda va bu ajoyib ayolning yorqin xotirasi uni tanigan, sevgan va hurmat qilganlar qalbida abadiy qoladi», – deyiladi federatsiya nekroloqda.

«Gazeta.uz»ning O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga tayanib xabar berishicha, Xasanova Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida o‘tkazilgan kosmetik operatsiyadan so‘ng vafot etgan. Jarayon oxirida uning ahvoli yomonlashgan, ayol kasalxonaga yotqizilgan va u jonlantirish bo’limida  vafot etgan.

Aida Xasanova qilichbozlik bo‘yicha sport ustasi, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning ko‘p karra chempioni, 2005 yili Angliyada o‘tkazilgan xalqaro turniri oltin medal sohibi. 2014-yilda Xasanova O‘zbekiston tarixida uch turdagi qurollar bo‘yicha qilichbozlik bo‘yicha birinchi xalqaro toifadagi hakam bo‘ldi. Sportchi jahonning eng yaxshi 5 hakami qatoridan joy oldi.

Shuningdek