Ilk bor quyosh energiyasiga investitsiyalar neft qazib olish xarajatlaridan oshadi
Ushbu tendentsiya dunyodagi o’rtacha harorat darajasini saqlab qolishga yordam beradi
2023 yilda quyosh energetikasini rivojlantirishga yo’naltirilgan global investitsiyalar birinchi marta neft qazib olish xarajatlaridan oshadi. Agar bu tendentsiya davom etsa, sayyoramizdagi iqlim yaxshilanadi. Bu haqda Xalqaro energetika agentligi (IEA) ijrochi direktori Fotih Birol ma’lum qildi.
«Agar toza energiyaga investitsiyalar so’nggi bir necha yildagidek o’sishda davom etsa, biz butunlay boshqacha energiya tizimi paydo bo’lishini ko’ramiz, biz 1,5 ° C maqsadini saqlab qolamiz», dedi Birol Financial Times gazetasiga bergan intervyusida. U iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi doirasida global o‘rtacha haroratni saqlab qolish maqsadiga ishora qildi.
IEA 2023 yilda quyosh energiyasiga investitsiyalar 1,7 trillion dollarni tashkil etishini taxmin qilmoqda. Shu bilan birga, neft qazib olish uchun 1 trillion dollar ajratiladi.
Birol energiyani moliyalashtirishdagi o’zgarishlarni «hayratlanarli, dramatik o’zgarish» deb atadi.