Bu o‘zgartirilgan 100 ming so‘mlik banknota bo‘lib chiqdi
Yangi 400 000 so‘mlik kupyura haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, yozadi Kun.uz portali Markaziy bankka tayanib.
Nazorat qiluvchi organ matbuot xizmati suratda nominal qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknotning dizayni aks etganini ta’kidladi.
Shuningdek, yangi banknota muomalaga kiritilsa, Markaziy bank bu haqda rasman eʼlon qilishi taʼkidlandi.