Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksportini o‘rgandi.
2023-yilning yanvar-aprel oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 256,1 million AQSH dollariga teng 359,2 ming tonna meva-sabzavot eksport qilingan. Bu esa 2022-yilning shu davridagiga nisbatan 6,5% ko‘p.
Eksportda qiymat jihatidan eng katta ulushni mosh (13,7%), mayiz (10,4%), quritilgan qora olxo‘ri 7,0 (%), pomidor (6,1%), karam (5,1%), uzum (4,3%), piyoz (4,3%), anor (3,3%) egallaydi.
2023-yilning yanvar-aprel oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlarning ulushi 3,3% ni tashkil etgan.
Rossiya (27,4%), Pokiston (20,6%), Xitoy (16,3%), Qozog‘iston (13,9%), Afg‘oniston (2,4%), Qirg‘iziston (2,4%), Belarus (2,0%), Turkiya (1,9%), Iroq (1,5%) va Eron (1,2%) O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlaridir.