Bred Smit sun’iy intellektni fundamental kashfiyot deb atadi
Microsoft prezidenti Bred Smit CBS News telekanaliga bergan intervyusida sun’iy intellektning (AI) paydo bo’lishini bosmaxona ixtirosiga qiyosladi.
«Bu qaysidir ma’noda bosmaxona ixtirosiga o’xshaydi. Bu fundamental kashfiyot bo‘lib, tadqiqot o‘tkazish, ko‘proq o‘rganish, ko‘proq muloqot qilish, namunaviy ma’lumotlarni yaxshiroq o‘rganishga yordam beradi», dedi u.
Uning fikricha, sun’iy intellekt texnologiyalari tibbiyotda, xususan, dori vositalarini ishlab chiqish va dori diagnostikasida qo’llanilishi mumkin.
May oyida Xirosimada boʻlib oʻtgan sammitda G7 (Katta yettilik) mamlakatlari yetakchilari sunʼiy intellektning «ishonchliligi»ni taʼminlash uchun texnik standartlar yaratishga chaqirishdi. Ishlab chiqilayotgan qoidalar umumiy demokratik qadriyatlarga mos kelishi kerak.