O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi bo‘yicha hujjatlarni tasdiqladi
eʼlon qilindi
Samarqanddagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalari davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha huquqiy-texnik hujjatlarni tasdiqladi, xabar qildi Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.
Bu boradagi muzokaralar 29-may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasining ayrim uchastkalarida qoʻshma dala tadqiqotlari natijalarini ham muhokama qildilar.
Eslatib oʻtamiz, ikki davlat oʻrtasidagi chegara uzunligi 1,3 ming km dan ortiq. TASS xabariga ko‘ra, bu Qirg‘izistonning qo‘shni davlat bilan eng uzun tashqi chegarasidir.