Besh yil davomida
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) dezinformatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha besh yillik dastur uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonga 12 million dollargacha mablag‘ ajratadi, yozadi RT.
Bu mintaqa suvereniteti va demokratik madaniyatini mustahkamlashga yordam beradi. Bu pul evaziga jurnalistlarning mediasavodxonligini oshirish, soxta maʼlumotlarga qarshi kurashni kuchaytirish koʻzda tutilgan.
«Ushbu tadbirlar majmuasi, shuningdek, xalqaro, mintaqaviy va mahalliy siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha sifatli hisobot tayyorlash uchun mintaqadagi mustaqil ommaviy axborot vositalarining texnik ko‘nikmalari va bilimlarini oshirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi yordam beradi», — deyiladi hujjat matnida.
Asosiy e’tibor O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘istondagi ishlarga qaratiladi, biroq dastur Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga ham ta’sir qiladi.
«Ushbu mintaqada Rossiya yangiliklar kanallari qishloq joylarga qaraganda shaharlarda koʻproq tomosha qilinadi; Qishloqlarda esa milliy telekanallarni tomosha qiladi», – deyiladi grantda.