Yangiliklar

O‘zbekistonlik taekvondochi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

68 kg gacha vazn toifasida

Bokuda bo‘lib o‘tgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medalni qo‘lga kiritdi. 68 kilogramm vazn toifasida «bronza» Ulug‘bek Rashitovga nasib etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

«Yarim final yo‘lidan muvaffaqiyatli o‘tib, final ostonasida turgan hamyurtimiz janubiy koreyalik sportchi Xo-Jin Jinga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi», — deb yozadi qo‘mita rasmiy Telegram-kanalida.

Mukofot Rashitovning jahon chempionatidagi ilk medali bo‘ldi.