Hammasi bo’lib aprel oyida 45,4 million chek ro’yxatga olingan
Aprel oyida «Soliq» mobil ilovasida cheklar eng koʻp «Korzinka.uz» supermarketlar tarmogʻi isteʼmolchilari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi – bir oyda 3 million chek rasmiylashtirilib, 4,2 milliard soʻm naqd pul qaytarildi.
Aprel oyida jami 122,6 milliard so‘mlik 45,4 million chexlar ro‘yxatga olingan.
Ikkinchi o‘rinda «Havas» supermarketlar tarmog‘i mijozlari – 1,6 million chek, 832 million so‘m keshbek, uchinchi o‘rinda «Makro» xaridorlari – 477,8 ming chek, 365,6 million so‘m keshbek.
Keyingi o’rinlarda UNG Petro yoqilg’i quyish shoxobchalarida 288,4 ming chek, 1,1 milliard so’m naqd pul to’langan.
Birinchi beshlikni EVOS tez ovqatlanish shoxobchalari tarmog‘i egalladi – aprel oyida lavash iste’molchilari 223,9 ming chekni rasmiylashtirib, 157,4 million so‘m keshbek oldi.