Arizalar 2023-yil 1-20-iyun kunlari qabul qilinadi
Madaniyat va turizm vazirligi 2023-yilda mehmonxonalar, sanatoriylar va pansionatlar xodimlarining malakasini oshirish kurslariga grantlar ajratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.
Hujjatlar 2023 yil 1 iyundan 20 iyungacha qabul qilinadi. Hujjatlar to‘plami Madaniyat va turizm vazirligiga yoki «O‘zbekiston pochtasi» AJ orqali 100084, Toshkent sh., Amir Temur, 107B uy manziliga yuborilishi kerak.
Arizalar hujjatlar taqdim etilgandan keyin o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.