Iqtisodiyotning energiya samaradorligi ikki barobar ortadi
2030-yilga borib 50 milliard kilovatt-soat yashil energiya ishlab chiqariladi va uning ulushi hozirgi 14 foizdan 40 foizga oshadi, dedi davlatimiz rahbari O‘zLiDeP qurultoyida so‘zlagan nutqida.
Bundan tashqari, uning soʻzlariga koʻra, kelgusi yildan boshlab sohada yashil sertifikat bozori tashkil etiladi, avtobuslar butunlay ekologik toza yoqilgʻiga oʻtadi, barcha yangi uylar va jihozlarga energiya tejash talablari joriy etiladi.
Natijada iqtisodiyotning energiya samaradorligi ikki barobar ortadi.