«Sotuvchi» 3,3 million so‘m jarima to‘laydi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ikkita laylak va ikkita lochinni sotishga urindi, deb xabar berdi Tabiiy resurslar vazirligi matbuot xizmati.
Omadi chopmagan sotuvchi 3,3 million so‘m jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.
Departamentning qayd etishicha, qushlar tiklanish uchun poytaxt hayvonot bog‘iga yuborilgan.