Oliy Majlis senatorlari «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi, xabar qildi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.
Tasdiqlangan hujjatda «manfaatlar to‘qnashuvi» tushunchasi, shuningdek, davlat xizmatchilarining vazifalari va tartibga solish mexanizmlari belgilab berilgan.
Qonun loyihasi boshqarmalar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan korxonalar va jamg‘armalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat tashkilotlarining axloqiy komissiyalari, ichki nazorat bo‘limlari zimmasiga yuklanadi.