App Store do’konidagi sotuvlar deyarli uchdan biriga o’sdi

eʼlon qilindi
15 yil davomida Apple mahsulotlari uchun ilovalarni ishlab chiquvchilar 300 milliard dollardan ortiq daromad olishdi

2022-yilda App Store’dagi xaridlarning umumiy hajmi 1 trillion dollardan oshdi. Bu ko‘rsatkich deyarli uchdan biriga oshgan. Bu haqda Analysis Group tadqiqotiga tayanib, «Finmarket» nashri yozgan.

O‘tgan yili to‘lovlar hajmi 1,123 trillion dollarni tashkil etdi. Uning katta qismi ilova orqali real tovar va xizmatlarni sotish (910 milliard dollar). Raqamli mahsulotlarning sotuvi 104 million dollarni tashkil etgan bo’lsa, qolgan qismi reklama orqali ta’minlangan.

Ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan qariyb 29 foizga, 2019-yilga nisbatan ikki barobarga oshgan.

App Store mavjud bo‘lgan 15 yil davomida dastur ishlab chiquvchilari 320 milliard dollar ishlab topgan.

App Store – bu iPhone, iPod, iPad va Mac shaxsiy kompyuterlari uchun ilovalar do’koni. Bularning barchasi Amerikaning Apple kompaniyasining mahsulotlari.

Shuningdek