OPEK neftni qayta ishlashni oshirishga chaqirdi
eʼlon qilindi
Resurslarga talabning ortishi tufayli
Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) bosh kotibi Haysam al-G‘ays dunyoda neft mahsulotlariga bo‘lgan talab tufayli qayta ishlash quvvatlarini oshirishga chaqirdi. Bu haqda u OPEK+ texnik ekspertlari yig‘ilishida ma’lum qildi.
Al-Gays, shuningdek, Quvayt, Nigeriya va Saudiya Arabistonida neftni qayta ishlash zavodlarini kengaytirish bo’yicha «alohida harakatlar»ni qayd etdi.
Kursivning yozishicha, aprel oyida bir nechta OPEK+ davlatlari neft qazib olish hajmi kuniga 1 million barrelga kamayganini eʼlon qilgan.
OPEK hozirda 13 a’zo davlatni o’z ichiga oladi.
OPEK+ OPEKning kengaytirilgan formati boʻlib, unga yana oʻnta davlat, jumladan, Rossiya ham kiradi.