Yangiliklar

O‘zbekistonda Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili paydo bo‘ldi

jst
Uning lavozimi PA rahbariga tenglashtirildi

Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jahon savdo tashkiloti (JST) boʻyicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi, bu haqda davlat rahbarining farmoniga asosan xabar berildi. Ushbu lavozimga A.O‘runov tayinlandi

U Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishini tezlashtirish, tashkilotga aʼzo boʻlish shartlari boʻyicha pozitsiyani ishlab chiqish, shuningdek, JST vakillari va aʼzo davlatlar bilan doimiy aloqada boʻladi.

Lavozimiga ko’ra, maxsus vakil prezident ma’muriyati rahbariga tenglashtiriladi.

Hujjatga ko‘ra, Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Shuningdek, Adliya vazirligiga qonun hujjatlarini JST kelishuvlariga muvofiqlashtirish topshirildi. 2023-yil 1-iyuldan boshlab JST qoidalari va normalariga mos kelmaydigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.

2023-yilda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq tadbirlarga 30 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Kelgusi yildan buning uchun harajatlar davlat byudjetida alohida ko‘rsatiladi.