Asli o‘zbekistonlik rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning advokatlari o‘z mijoziga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishiga uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan aloqasi emas, balki shon-shuhrat va boylik sabab bo‘lganini aytishdi. Bu haqda Bloomberg yozdi.
Usmonovning Yevropa sudi majlisida uning advokatlari Yevropa Ittifoqi milliarderni sanktsiyalar nishoni sifatida tanlaganini, chunki u jamoatchilikka ma’lum «ramz» ekanini aytdi.
«U boy, juda, juda boy. Va u mashhur. Sanksiyaning sabablari shu», – dedi Usmonovning advokati Jerom Grand d’Esnon. Uning qo’shimcha qilishicha, bunday asoslar moliyaviy cheklovlarga olib kelishi mumkin emas.
Usmonov hozirda sudda Yevropa sanksiyalarini bekor qilish uchun kurashmoqda.
YeI 2014-yildan beri Rossiyadan deyarli 1,5 ming kishi va 207 yuridik shaxsga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga 2022-yil fevral oyi oxirida Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan so‘ng tushgan edi. AQSh va Buyuk Britaniya uni o‘tgan yilning mart oyi boshida sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi.