Yangiliklar

O‘zbekistonda tarvuzlar uchdan bir qismga arzonlashdi

Narxlar boshqa mamlakatlarga qaraganda arzonroq

O‘zbekistonda so‘nggi bir hafta ichida tarvuzning o‘rtacha ulgurji narxi uchdan bir qismga arzonlashdi. Bu haqda EasyFruit portali xabar berdi.

Toshkent bozorlarida tarvuz may oyining ikkinchi yarmida – o‘tgan yilga nisbatan ertaroq paydo bo‘ldi. Uning o’rtacha ulgurji narxi dastlab 1 kg uchun 3000 so’mni tashkil etgan. May oyining boshiga kelib 1 kg uchun 2000 so‘mgacha tushib ketdi.

Portalning qayd etishicha, bu narx 2022 yilga nisbatan 20 foizga past. Shuningdek, Tojikiston, Gruziya, Moldova va Belorussiyaga qaraganda arzonroq.