Yuk mashinalari kirishi taqiqlanadi: Dushanbe-Chanoq yoʻli vaqtincha yopildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kapital ta'mirlash tufayli

Joriy yilning yoz oxirigacha Dushanbe-Chanoq (Tojikiston) avtomobil yoʻli boʻylab yuk mashinalarining harakatlanishi vaqtincha taqiqlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.

foto: Sputnik

 “2023-yil 1-iyundan 31-avgustgacha soat 10.00 dan 19.00 gacha Dushanbe-Chanoq avtomobil yoʻli boʻylab yuk koʻtaruvchi mashinalarning (transport vositasining har bir oʻqi uchun 6 tonnadan koʻp boʻlmagan) harakatlanishiga cheklovlar joriy etildi, – deyiladi idora xabarida.

Vaqtinchalik taqiq yo‘lovchi, gumanitar yordam, tez buziladigan oziq-ovqat, xavfli tovarlar yoki ko‘mir tashuvchi transport vositalarini o‘z ichiga olmaydi.

Sputnik Tojikiston portalining Innovative Road Solutions Ltd yoʻl xizmat koʻrsatish kompaniyasi xabariga koʻra, avtomobil yoʻli kapital taʼmirlash ishlari tufayli toʻsib qoʻyilgan.

Shuningdek