Zara egasi sof foydani bir yarim baravar oshirdi
Ispaniyaning Industria de Diseno Textil SA (Inditex) konglomerati 2023-moliyaviy yilning birinchi choragida sof foydasini 1,5 barobarga oshirib, 1,172 milliard yevroga yetdi. Taqqoslash uchun, o’tgan yilning shu davrida kompaniya 766 million yevro ishlab topgan.
O‘tgan chorakda Inditex daromadi 13 foizga o‘sib, 7,611 milliard yevroni tashkil qildi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 869 million yevroga ko‘pdir.
Yalpi foyda 14 foizga o’sish bilan 4,6 milliard yevroga yetdi, rentabellik esa 60,5 foizga oshdi.
Kompaniya yalpi foyda marjasi joriy moliyaviy yilda ham joriy darajada qoladi, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, korporatsiya 2023 yilda savdo maydonini taxminan 3 foizga kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Inditex Zara va Zara Home, Pull & Bear, Massimo Dutti, Bershka, Stradivarius va Oysho do’konlariga ega.