O‘zbekistonda qirq kunlik chilla 25 iyundan boshlanadi va 3 avgustga qadar davom etadi, yozadi «O‘zgidromet».
Chillaning birinchi kunlarida (25-29 iyun) Oʻzbekistonda havo harorati 40—42° boʻladi – Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo massalari keladi. Shimol, janub va choʻl hududlarida havo harorati 43–45° gacha koʻtariladi.
Sinoptiklarning maʼlumotlariga koʻra, barcha yillar davomida oʻtkazilgan meteorologik kuzatuvlar davomida havo harorati eng issiq iyun oyida koʻpchilik viloyatlarda joylarda 44–46° gacha, Qizilqum choʻlida 47° gacha, respublikaning eng janubiy qismida – 48–49° gacha gacha koʻtarilgan.