AQSH dollarining zaiflashishi jahon bozorida oltin narxining joriy haftani oʻsish bilan yakunlashiga olib keldi, deya xabar beradi Trading Economics.
Juma kuni oltinning untsiya narxi 1960 dollardan yuqoriroq barqarorlashdi.
Nashrning qayd etishicha, bozor AQSh Federal zaxira tizimi asosiy stavkalarni oy oxirigacha saqlab qolishini kutmoqda. Shu bilan birga, Xalqaro Valyuta Jamg’armasi mamlakatlar markaziy banklarini inflyatsiyani diqqat bilan kuzatishga chaqirgani uchun investorlar ehtiyotkor bo’lmoqda.
Bu hafta Avstraliya va Kanada markaziy banklari kutilmaganda foiz stavkalarini oshirdi. Boshqa ilg’or iqtisodlar ham shunga ergashishi xavfi bor.