Rossiyaning MTS banki O‘zbekiston, Armaniston va Qirg‘izistonda QR kod yordamida tovar va xizmatlar uchun to‘lovni joriy etish ustida ishlamoqda, yozadi «Kommersant».

Bu toʻlov turini joriy etgan birinchi davlat Tojikiston boʻlib, unga 28 ming doʻkon ulangan.
«Xizmatdan QR-kodni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lgan har qanday Rossiya banki mijozlari foydalanishi mumkin», — deyiladi xabarda.
«Kommersant» suhbatlashgan ekspertlarning fikricha, bunday sxema bo’yicha sanktsiyalar xavfi minimaldir.
Barcha to‘lovlar tojik somoni konvertatsiyasini hisobga olgan holda rublda komissiyasiz amalga oshiriladi.