Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQShning Goldman Sachs investitsiya bankida avval ishlagan Hafiza Gaye Erkanni markaziy bank rahbari etib tayinladi, xabar berdi Bloomberg.

Erkan Prinston universitetida PhD darajasini oldi, Garvard va Stenford universitetlarida moliya sohasida tahsil oldi.
Ilgari u deyarli o‘n yil davomida Goldman Sachsda AQShning eng yirik moliyaviy institutlari direktorlari va yuqori rahbariyatiga maslahat berdi. U Prinston universitetida Operatsion tadqiqotlar va moliyaviy muhandislik bo’limi maslahat kengashi a’zosi.
Turkiya Markaziy bankining sobiq rahbari Shahap Kavjio‘g‘li Turkiya bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish kengashining raisi bo‘ldi.