Jahon banki xususiy investorlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechishga yordam berish, ko‘proq harakat qilishga undash uchun «qabul qilingan xavf»dan foydalanishi kerak.
Bu haqda bankning yangi rahbari Ajay Banga CNN Farid Zakaria GPS dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, yozadi Reuters.
Uning qayd etishicha, hozirda bank o‘z biznes modelini faol qayta ko‘rib chiqmoqda va kreditlash imkoniyatlarini kengaytirishning yangi usullarini izlamoqda. Bu qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tishni qollab-quvvatlash uchun «o‘nlab milliard dollar»ni ozod qiladi.
Ushbu o‘tishda xususiy sarmoya asosiy rol o‘ynaydi, chunki na hukumatlar, na rivojlanishni moliyalash institutlari kambag’al mamlakatlarning iqlim o‘zgarishiga moslashishiga yordam berish uchun yetarli mablag‘ga ega emaslar.
«Yagona yo‘l – xususiy sektorni bu ularning kelajagining bir qismi ekanligiga ishontirish yo‘lini topish», dedi Banga va rivojlanish moliya institutlari xususiy investorlar o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lmagan risklarni o‘z zimmalariga olishlari kerakligini qo‘shimcha qildi.
Ajay Banga joriy yilning 2-iyunida Jahon banki direktori lavozimini egallagan. Oldin u Mastercard to‘lov tizimining prezidenti va bosh direktori lavozimlarida ishlagan.