Kelajakdagi superapp: Uzum va Click birlashishini eʼlon qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yana bir qancha xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilgan

Uzum kompaniyalar guruhi va Click to‘lov tashkiloti birlashish to‘g‘risida bitim imzoladilar. Bu haqida «Kursiv»ga  Uzum matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzum

Kompaniyaning taʼkidlashicha, integratsiya o‘zbekistonliklarga moliyaviy xizmatlar, tovarlardan foydalanish imkoniyatini beradi.

«Click  12 yillik faoliyati davomida mamlakatdagi eng yaxshi jamoalardan birini yig‘di, natijada kompaniya to‘lovlar bozorida yetakchi o‘rinlarda. Yangiliklar vaqti keldi. Uzum bilan muzokaralar chog‘ida strategiyamiz va maqsadlarimiz bir-biriga mos kelishini ko‘rdik. Shuning uchun biz, albatta, ekotizim bilan birlashishdan xursandmiz va bundan katta istiqbolni ko‘rmoqdamiz. Bunday keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan ikkita yirik kompaniyalarni birlashtirish bir-birining resurslarini ko‘paytirishga va yangi keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi», – deydi Click bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Shunday qilib, bir qancha xizmatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan, jumladan havo va temir yo‘l chiptalarini bron qilish va hk.

Aytib o‘tish kerakki, Uzum maslahatchisi Boris Dobrodeyev kompaniya O‘zbekistonda IT -Xolding tashkil etish ustida ish olib borayotganini maʼlum qildi. Bank, marketplays, bo‘lib to‘lash xizmatidan tashqari, tez orada oziq-ovqat va tayyor ovqat yetkazib berish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek