Misr Toshkentga sariq kasaliga qarshi dorining yettinchi partiyasini yubordi
eʼlon qilindi
Bu Misrdan yettinchi gumanitar yuk
10-iyun kuni Gepatit C ni davolash uchun 13 ming dona Daclatasvir preparati Sharm-ash-Shayxdan Toshkentga keltirildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida bemorlarga dori-darmonlar topshirildi.
Yettinchi yuk insonparvarlik yordami doirasida yetkazildi. 2023-2024 yillar davomida 4,2 million dollarlik 800 000 paket «Daclatasvir» va «Sofosbuvir» bepul yetkazib berilishi kerak.