O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) mamlakat Prezidenti saylovida ishlash uchun 40 dan ortiq xalqaro kuzatuvchini akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Bu haqda MSK xabarida aytiladi.
O‘tgan yig‘ilishda MSK YXHT va MDH Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) kuzatuvchilar missiyasining 43 nafar vakilini akkreditatsiyadan o‘tkazdi.
MSK davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzodni ro‘yxatga oldi. Saylovda O‘zXDPdan Ulug‘bek Inoyatov, Sotsial-demokratik partiyadan Robaxon Maxmudova, Eko partiyadan Abdushukur Hamzayev ishtirok etadi. O‘zLiDeP va Milliy tiklanishdan – O‘zbekistonning amaldagi rahbari Shavkat Mirziyoyev.