O‘zbekistonlik sportchi yangi rekord o‘rnatdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
40 yildan buyon rekord yangilanmagan edi

Yengil atletikachi Anvar Anvarov  Jenevada o‘tkazilgan turnirda uzunlikka sakrash bo‘yicha O‘zbekiston rekordini o‘rnatdi. Bu haqida milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlum qildi.

Foto: Olimpiya milliy komiteti

Sportchi 8,22 m masofaga sakradi. Bu O‘zbekiston uchun rekord natija. Bundan oldingi oxirgi rekord deyarli 40 yil oldin – 1985 yilda o‘rnatilgan edi.

World athletics manbasiga ko‘ra, Anvarov uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon reytingida 85-o‘rinni egallaydi.

Shuningdek