Yengil atletikachi Anvar Anvarov Jenevada o‘tkazilgan turnirda uzunlikka sakrash bo‘yicha O‘zbekiston rekordini o‘rnatdi. Bu haqida milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlum qildi.
Sportchi 8,22 m masofaga sakradi. Bu O‘zbekiston uchun rekord natija. Bundan oldingi oxirgi rekord deyarli 40 yil oldin – 1985 yilda o‘rnatilgan edi.
World athletics manbasiga ko‘ra, Anvarov uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon reytingida 85-o‘rinni egallaydi.