92 yoshli amerikalik milliarder Jorj Soros «Ochiq jamiyat» fond tarmog‘ini o‘g‘li Aleksga topshirishga qaror qildi. Bu haqida Reuters xabar qildi.
Soros oldin ulkan biznes imperiyasini farzandlariga qoldirishni reja qilmagan edi. Lekin uning so‘zlariga ko‘ra Aleks «bunga loyiq».
37 yoshli Aleks Soros jamg‘armaning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yxatini ovoz berish, abort qilish va gender tenglik kabi masalalarni o‘z ichiga olgan holda kengaytirishni reja qilgan. Bundan tashqari, tashkilot siyosat uchun ko‘p mablag‘ tikishni reja qilgan: pullar AQSHdagi chap siyosiy nomzodlarga beriladi.
«Ochiq jamiyat» fondi – Soros tomonidan tashkil etilgan grant beruvchi tarmoqdir. Ular dunyo bo‘ylab fuqarolik jamiyati guruhlariga moliyaviy yordam ko‘rsatishadi. Ushbu xayriya miqdori yiliga taxminan 1,5 milliard dollarni tashkil etadi.