Qo‘qondagi yong‘in oqibatida jinoiy ish qo’zg’atildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi savdo markazida yuz bergan yong‘in holatlari yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi. Bu haqda boshqarma matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 259-moddasiga asosan
Foto: Asia-Plus

«Savdo majmuasida yuz bergan yong‘in yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (“Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, — deb yozdi Shamsutdinov o‘zining Telegram-kanalida.

Bu qilmish – yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima (8,2 million so‘mdan 16,5 million so‘mgacha) yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi..

Eslatib oʻtamiz, voqea 12-iyun kuni kechqurun «Buyuk Ipak yoʻli» savdo majmuasida sodir boʻlgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘in joyiga soat 19:25 da yetib kelgan, uni faqat soat 23:30 da o‘chirish mumkin bo‘lgan.

Shuningdek