Germaniyaning O‘zbekistonga eksporti qariyb 80 foizga oshdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Rossiyaga tovarlar eksporti ikki baravarga kamaydi

Yanvar-aprel oylarida Germaniya O‘zbekistonga 315 million yevrolik mahsulot yetkazib berdi. Bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 79 foizga ko‘pdir, deya xabar beradi Germaniya Federal statistika boshqarmasi matbuot xizmati.

Foto: Unsplash

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Germaniyaning MDH mamlakatlariga eksporti hajmi 1,4 milliarddan 2,9 milliard yevrogacha oshdi. Asosiy yetkazib berish Qozog‘istonga amalga oshirildi (1,1 mlrd yevro). Germaniya-Rossiya savdosi 58,3 foizga qisqarib, 3,5 milliard yevroga yetdi.

MDH mamlakatlari nemis avtomobillari va ular uchun ehtiyot qismlarni faol sotib oldi. Ko‘rsatkich 418,7 foizga oshib, 865 million yevroga yetdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashning o’sishi Germaniyaning Deutsche Welle nashrida qayd etilgan. Jurnalistlar sabablar qatorida Rossiyaning sanksiyalarni chetlab o‘tishda ko‘rsatgan yordami va nemis kompaniyalarining rossiyalik hamkorlar bilan savdo qilishdan bosh tortishini tilga olishdi.

Shuningdek