Amerika Qo‘shma Shtatlarining Federal zaxira tizimi (FRS) federal kreditlar bo‘yicha foiz stavkasini 5-5,25 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Agentlik inflyatsiyaning sekin pasayishi tufayli bu ko‘rsatkich 2023-yil oxirigacha oshishi mumkinligidan ogohlantirdi. FRS stavkalarni oshirish yoki ko‘tarmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin vaziyatni o‘rganish uchun tanaffus qiladi.
FRS raisi Jerom Pauell AQSh iqtisodiyoti kutilganidan kuchliroq ekanini aytdi. Shu sababli, Agentlik «bu kutilganidan ko‘ra ko‘proq cheklovni talab qiladi».