Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti saylovida saylov uchastkalari Brayl alifbosidagi trafaretlar bilan ta’minlanadi

Ko‘zi ojiz saylovchilarga ovoz berishda yordam berish

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Brayl alifbosidagi trafaret namunasini tasdiqladi. Undan ko‘zi ojiz saylovchilar iyul oyida bo‘lib o‘tadigan mamlakat prezidenti saylovlarida foydalanadi. Bu haqda komissiya saytida aytilgan.

Foto: Nationaltoday

Trafaret nogironlarga saylov byulletenini to’ldirishda yordam beradi.

MSK O‘zbekistondagi har bir saylov uchastkasini shunday trafaret bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqdi.

Mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

MSK davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzodni ro‘yxatga oldi. Saylovda O‘zXDPdan Ulug‘bek Inoyatov, Sotsial-demokratik partiyadan Robaxon Maxmudova, Eko partiyadan Abdushukur Hamzayev ishtirok etadi. O‘zLiDeP va Milliy tiklanishdan – O‘zbekistonning amaldagi rahbari Shavkat Mirziyoyev.